O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligining 2025-yil uchun ishlab chiqilgan “Antidoping taʼlimoti” o‘quv rejasi bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar va sport tashkilotlarida antidoping o‘quv-seminari o‘tkazib kelinmoqda.
Ayni kunlarda Taekvondo WT bo‘yicha milliy terma jamoa aʼzolari xalqaro musobaqalarga so‘nggi tayyorgarlik bosqichini assotsiatsiya sport majmuasida davom ettirmoqda.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan reja asosida terma jamoa aʼzolari murabbiylar va tibbiyot xodimlari ishtirokida “Antidoping qoidabuzarlik turlari”, “Sportchilarning huquq va majburiyatlari” bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminar trening davomida sportchilar va murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.
Antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi avvalo sportchilarni salomatligini asrash, bilib yoki bilmagan holda doping qabul qilish orqali, uzoq yillik mashaqqatli mehnatlari sarobga aylanmasligi uchun har bir federatsiya va assotsiatsiyalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.