eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Parij-2024 davomida antidoping faoliyati yuzasidan tahliliy ma‘lumot

Parij 2024 Olimpiya o‘yinlari davomida jami 6,130 ta namuna yig‘ildi, bu namunalar musobaqa davomida va musobaqadan tashqari olingan bo‘lib, Olimpiya qishlog‘ining ochilishidan boshlab yopilish marosimigacha bo‘lgan davrni qamrab oldi. Ushbu namunalar 4,770 ta doping nazorati orqali 4,150 ta sportchidan olingan bo‘lib, bu barcha ishtirokchilarning 38,75% ini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Tokio 2020 bilan solishtirganda 4% ga, Rio 2016 bilan taqqoslaganda esa 10% ga yuqori.

Parij 2024 Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari davomida antidoping dasturini amalga oshirish Xalqaro testlash agentligi (ITA) tomonidan amalga oshirildi.

Eng ko‘p doping testlari AQSh, Fransiya, Xitoy va Avstraliya kabi eng yirik delegatsiyalarga tegishli sportchilarga nisbatan o‘tkazildi. Shuningdek, yengil atletika, suv sporti, velosport, eshkak eshish va kurash kabi sport turlarida tekshiruvlar soni eng yuqori bo‘ldi.

Barcha testlarning taxminan uchdan biri musobaqa davomida, qolgan qismi esa musobaqadan tashqari amalga oshirildi. O‘yinlar davomida 200 ta mamlakat va Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarning 97% ini o‘z ichiga oldi.

Olimpiya o‘yinlaridan oldingi olti oy ichida barcha ishtirokchi sportchilarning qariyb 90% i musobaqadan avval kamida bir marta tekshiruvdan o‘tdi. Bu esa Parij 2024 oldidan mustahkam antidoping nazorat tizimini ta‘minladi. ITA shuningdek, 40 dan ortiq antidoping qoidabuzarligi aniqlanganini ma‘lum qildi, bu esa Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi kutilgan sportchilarni o‘z ichiga oladi.

ITAning antidoping strategiyasi oldindan o‘tkazilgan keng qamrovli xavf tahliliga asoslandi. Bu tahlil quyidagi omillarni o‘z ichiga oldi:

- Turli sport turlarining o‘ziga xos fiziologik xususiyatlari
- Ayrim sportchilarga oid shaxsiy ma‘lumotlar
- Mamlakatlarga xos doping xavf darajalari

Parij 2024 antidoping dasturining asosiy natijalari

- Parij 2024 davomida 5 ta antidoping qoidabuzarligi aniqlandi.
- Ushbu sportchilar zudlik bilan musobaqalardan chetlatildi.
- Ishlar Xalqaro Sport Arbitraj Sudi (CAS ADD) va tegishli federatsiyalarga yakuniy qaror chiqarish uchun topshirildi.
- Parijdagi WADA akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya tomonidan 6,130 ta namunakar tahlil qilindi.

Antidoping faoliyatining amalga oshirilishi

- 30 dan ortiq antidoping mutaxassislari ITA nomidan nazorat olib bordi.
- ITA Fransiya antidoping agentligi (AFLD) bilan hamkorlikda ish olib bordi.
- 266 ta doping va qon nazorati xodimi, 570 nafar kuzatuvchi (Chaperone) va ko‘plab ko‘ngillilar ushbu antidoping jarayonlariga jalb qilindi.
- WADA mustaqil kuzatuvchilari antidoping kodeks va xalqaro standartlarga rioya etilishini nazorat qilib bordi.

Innovatsiyalar va texnologik rivojlanish

- Qog‘ozsiz tizim: Tokio 2020 da joriy etilgan qog‘ozsiz nazorat tizimi Parij 2024 da yana-da takomillashtirildi.
- Sportchilarning joylashuvini aniqlash tizimi: Musobaqadan tashqari tekshiruvlar uchun ITA maxsus dastur ishlab chiqdi.
- 200 dan ortiq Milliy Olimpiya qo‘mitalari bilan samarali aloqa ADCOM platformasi orqali amalga oshirildi.
- Quritilgan qon namunasi (DBS) va gen dopingi testi Parij 2024 antidoping tekshiruvlarining ajralmas qismi bo‘ldi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш