Navbatdagi seminar esa, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etildi. Seminarda sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari ishtirok etdi.
Osiyo, jahon va olimpiya chempionlarini tarbiyalayotgan markaz sportchilari, murabbiylar va sport shifokorlari uchun “Antidoping taʼlimoti”, “Antidoping qoidabuzarlik turlari”, “Sportchilarning huquq va majburiyatlari”, “Terapevtik istisnolardan foydalanish” bo‘yicha taqdimotlar qilindi.
Bundan tashqari, Butunjahon antidoping agentligining ADEL va ADAMS platformalari, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ishga tushirilgan talim-uznada.uz va dori-uznada.uz platformalaridan to‘g‘ri foydalanish, foydalanish davomida yuzaga keladigan tushunmovchiliklar bo‘yicha maʼlumot berildi. Seminar trening davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda kerakli tavsiyalarni olishdi.
Antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi avvalo sportchilarni salomatligini asrash, bilib yoki bilmagan holda doping qabul qilish orqali, uzoq yillik mashaqqatli mehnatlari sarobga aylanmasligi uchun har bir federatsiya va assotsiatsiyalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.