Gandbol sport turi ham mamlakatmizda jadallik bilan rivojlanib borayotgan sport turlaridan hisoblanadi. Ushbu sport turi bo‘yicha turli yosh toifalaridagi jamoalarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Bu sportchilarga jismoniy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda nazariy bilim berish ham lozim.
Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari gandbol bo‘yicha yoshlar va kattalar terma jamoasi sportchilariga “Antidoping taʼlimoti” bo‘yicha tushunchalar berildi.
Seminarda ishtirok etgan sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislardan kerakli tavsiyalarni olishdi.