eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

15 yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytgan Xorazm futbol klubiga “Antidoping taʼlimoti” bo‘yicha tushunchalar berildi

Mart oyidan mamlakatimizda boshlangan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi musobaqalarining yangi mavsumi oldidan uzoq muddatdan beri endigina superligaga qo‘shilgan Xorazm klubi futbolchilariga “Antidoping taʼlimoti” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda futbolchilar, murabbiylar, jamoa shifokorlari va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Agentlik mutaxassislari tomonidan tinglovchilarga “Antidoping qoidabuzarlik turlari”, “Sportchilarning huquq va majburiyatlari”, “Terapevtik istisnolardan foydalanish” bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Bundan tashqari, Butunjahon antidoping agentligining ADEL va ADAMS platformalari, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ishga tushirilgan talim-uznada.uz va dori-uznada.uz platformalaridan to‘g‘ri foydalanish, foydalanish davomida yuzaga keladigan tushunmovchiliklar bo‘yicha maʼlumot berildi. Seminar trening davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda kerakli tavsiyalarni olishdi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш