Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superliga o‘yinlariga start berilgandan buyon bir nechta futbol klublariga antidoping seminarlari o‘tkazildi. Navbatdagi seminar “Qo‘qon-1912” jamoasi aʼzolari uchun o‘tkazildi.
Onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan seminarda futbolchilar, murabbiylar, jamoa shifokorlari va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Seminar davomida Antidoping qoidabuzarlik turlari, talim-uznada.uz va dori-uznada.uz platformalaridan foydalanish mavzularida seminar o‘tkazildi.