eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Prezident topshirig‘i ijrosi amalda yoxud Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha joriy yilning 13-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektorda berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan qator tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Davlatimiz rahbari topshiriqlarining ijrosini samarali taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi o‘rtasida uzoqqa mo‘ljallangan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida memorandum imzolash tadbiri o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Akademiyasida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov va Mudofaa vaziri o‘rinbosari Kadirjon Tursunovlar hamda tashkilotlarning mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida ishlab chiqilgan hamkorlik memorandumida antidoping taʼlim dasturlarini amalga oshirish, bunda sog‘lom va shaffof sportni targ‘ib qilish va antidoping nazoratini amalga oshirish, sportchilar, murabbiylar va tibbiyot xodimlariga antidoping qoidabuzarlik turlari, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berish kabi yana bir qator muhim masalalar joy olgan.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш