O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda dopingga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi va hududdagi sport taʼlim muassasalari va bir qator sport obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktabida yaratilgan sharoitlar, antidoping qoidalariga rioya qilish holatlari hamda sport tashkilotlarida tashkil etilgan antidoping burchaklaridagi qo‘llanmalar holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida antidoping sohasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.