O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashishni yana-da takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar” rejasida sportchilar uchun halol sportning ahamiyatini tushuntirib yetish va ruhiy ko‘mak berish maqsadida psixologik yordam xizmatlarini joriy qilish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda sport taʼlim muassasalari sportchi-o‘quvchilari uchun seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, poytaxtimizdagi sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga “Aqliy intellektni oshirish va axloqiy tarbiyani shakllantirish” mavzusida seminar trening tashkil etildi.