eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Parijda Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro konvensiyasiga aʼzo davlatlarning IX Sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Shu kunlarda, yaʼni 25-26-oktyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida joylashgan YUNESKO Bosh qarorgohida Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro konvensiyasiga aʼzo davlatlarning IX Sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Ushbu Sessiyada O‘zbekiston tomondan vakil sifatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov  ishtirok etmoqda.

Mazkur Sessiyada ko‘rib chiqiladigan asosiy masalalardan biri Konvensiyaga bir qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishdir. Shuningdek, Konvensiyada belgilangan vazifalarning mamlakatlarda amalga oshirilishi yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish, Konvensiyaga aʼzo mamlakatlarda sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni yana-da qatʼiylashtirish, Xalqaro va milliy qonunchiliklarni esa yanada takomillashtirishdir.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш