Shu kunlarda, yaʼni 25-26-oktyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida joylashgan YUNESKO Bosh qarorgohida Sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha Xalqaro konvensiyasiga aʼzo davlatlarning IX Sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu Sessiyada O‘zbekiston tomondan vakil sifatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov ishtirok etmoqda.
Mazkur Sessiyada ko‘rib chiqiladigan asosiy masalalardan biri Konvensiyaga bir qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishdir. Shuningdek, Konvensiyada belgilangan vazifalarning mamlakatlarda amalga oshirilishi yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish, Konvensiyaga aʼzo mamlakatlarda sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni yana-da qatʼiylashtirish, Xalqaro va milliy qonunchiliklarni esa yanada takomillashtirishdir.