eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

WADA sportchilar va boshqa manfaatdor tomonlarni 2024-yilning idrok so‘rovida ishtirok etishga chaqirdi

2021-yildan beri Butunjahon antidoping agentligi (WADA) o‘zining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan strategik rejasini bajarishda ko‘rsatkichlarni o‘lchash uchun yillik idrok so‘rovini o‘tkazib kelmoqda. Mazkur ishlarning davomi o‘laroq, tashkilot sportchilarni va boshqa barcha manfaatdor tomonlarni 2024-yil 17-yanvarigacha maxfiylik asosida 2024-yilning idrok so‘rovini yakunlashga chaqiradi.

Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, WADAning dopingsiz sport bo‘yicha Butunjahon missiyasini boshqarishda qanday harakat qilayotgani haqidagi tasavvurlarni chuqurroq tushunib, mazkur harakatlar natijasida sportchilar va barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishini taʼminlashdir.

Taklif etilayotgan so‘rovnomaning sportchilar uchun maxsus hamda boshqa barcha manfaatdor tomonlar uchun mo‘ljallangan versiyalari mavjud. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi, global antidoping hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega tashkilot sifatida mamlakatimiz sportchilari va boshqa manfaatdor mutasaddilarni taklif etilayotgan qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga chaqiradi.

So‘rovnoma ingliz, fransuz va ispan tillarida taklif etilgan.

Sportchi sifatida so‘rovnomaga o‘tish uchun quyidagi havolani bosing:

https://www.surveymonkey.com/r/QC8XPBT

 

Manfaatdor tomonlar uchun mo‘ljallangan so‘rovnomaga o‘tish uchun quyidagi havolani bosing:

https://www.surveymonkey.com/r/TTSSYQP

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш