2021-yildan beri Butunjahon antidoping agentligi (WADA) o‘zining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan strategik rejasini bajarishda ko‘rsatkichlarni o‘lchash uchun yillik idrok so‘rovini o‘tkazib kelmoqda. Mazkur ishlarning davomi o‘laroq, tashkilot sportchilarni va boshqa barcha manfaatdor tomonlarni 2024-yil 17-yanvarigacha maxfiylik asosida 2024-yilning idrok so‘rovini yakunlashga chaqiradi.
Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, WADAning dopingsiz sport bo‘yicha Butunjahon missiyasini boshqarishda qanday harakat qilayotgani haqidagi tasavvurlarni chuqurroq tushunib, mazkur harakatlar natijasida sportchilar va barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishini taʼminlashdir.
Taklif etilayotgan so‘rovnomaning sportchilar uchun maxsus hamda boshqa barcha manfaatdor tomonlar uchun mo‘ljallangan versiyalari mavjud. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi, global antidoping hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega tashkilot sifatida mamlakatimiz sportchilari va boshqa manfaatdor mutasaddilarni taklif etilayotgan qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga chaqiradi.
So‘rovnoma ingliz, fransuz va ispan tillarida taklif etilgan.
Sportchi sifatida so‘rovnomaga o‘tish uchun quyidagi havolani bosing:
https://www.surveymonkey.com/r/QC8XPBT
Manfaatdor tomonlar uchun mo‘ljallangan so‘rovnomaga o‘tish uchun quyidagi havolani bosing: