eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

O‘ZBEKISTON YUQORI NATIJALAR QAYD ETGAN DAVLATLARNING 1-GURUHIDAN JOY OLDI

Mamlakatimizda so‘ngi yillarda barcha sohalar kabi sport sohasiga ham hukumat darajasida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Buning zamirida sportchilarimizning xalqaro arenalarda ko‘rsatayotgan natijalari orqali bilish mumkin.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida chekka hududlarga chiqqan holda antidoping o‘quv-seminarlari va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda. Reja asosida sportchilardan doping sinamalar olinib, ularni doimiy nazorat ostida tushuntirish ishlari o‘tkazib kelinmoqda.

Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning yillik hisobotida O‘zbekiston dunyodagi 206 ta mamlakatlar orasida kuchli 1-guruhga kiritildi. WADA tomonidan davlatlar sport tashkilotlari faoliyatini 4 guruhga bo‘lgan holda baholab boriladi. Bular, 1-guruh yuqori, 2-guruh yaxshi, 3-guruh qoniqarli va 4-guruh qoniqarsiz. O‘zbekiston bu guruhlardan 1-guruh, yaʼni faoliyati yuzasidan yuqori natijalar qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu guruhda MDX mamlakatlaridan O‘zbekiston, Belorussiya, Rossiya va Qozog‘iston joy olgan bo‘lsa, Azarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston 2-guruhdan, Tojikiston, Turkmaniston va Maldova 3-guruhdan joy olgan.

Shu o‘rinda qanday sabablar asosida davlatlar bu guruhlarga bo‘linadi degan savol yuzaga keladi. O‘zbekistonlik sportchilar tomonidan xalqaro maydonlarda erishayotgan yuqori natijalari va O‘zbekistonda tashkil etilayotgan xalqaro sport tadbirlaridir. 

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi faoliyatiButunjahon antidoping Kodeksi talablarini o‘z vaqtida bajarish, yani sportchi, shifokor va murabbiylarni antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, doping sinamasi olish va ularni natijalari (ijobiy natijalar kamligi inobatga olinadi) hamda Xalqaro toifadagi doping ofitser va surushtiruv-ofitserlari mavjudligi va eng asosiysi muvofiqlik darajasi WADA tomonidan yuqori baxolangan.

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping Kodeksining muvofiqlik nazoratidan 2023 yil II choragida muvaffaqiyatli o‘tgan Milliy antidoping agentligi hisoblanadi.

Butunjahon antidoping agentligi tomonidan nomuvofiq deb topilgan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi. Bu sanksiyalar Kodeks talablarini to‘liq, qisman yoki umuman talabga mos kelmaslik turlariga qarab sanksiyalar turlicha bo‘ladi. Misol uchun mamlakat nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaslik, ishtirok etgan taqdirda mamlakat bayrog‘i ko‘tarilmasligi kabi jazo turlariga bo‘linadi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш