Avval xabar berganimzdek Shveysariyaning Lozanna shahrida Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning yillik forumi bo‘lib o‘tmoqda. WADAga aʼzo mamlakatlarning 650 nafardan ortiq mutaxassislari ishtirok etayotgan konferensiyada O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Forumning ikkinchi kunida ham antidoping sohasida qator hamkorlik masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan edi.
Dastlab, WADA bosh direktori Oliver Nigli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O.Nigli mamlakatda antidoping sohasi tezkorlik bilan rivojlanib borayotganini va bu boradi hukumat darajasida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, Mo‘g‘iliston antidoping agentligi rahbari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Forum doirasida Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va Turkiya antidoping agentligi rahbari R.Gunesh bilan hukumatlararo komissiyaning yo‘l xaritasida belgilangan vafizalar ijrosi bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi. Chora tadbirlar rejasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish kabi masalalar o‘rin olgan.
WADAning yillik forumi Agentligimiz uchun anchagina samarali bo‘ldi. Forum doirasida bir qator hamkorlik memorandumlari va kelishuvlarga erishildi. Albatta, bu borada qilinayotgan ishlarning barchasi mamlakatni dopingdan holi hududga aylantirish borasidagi say-harakatlardir.