eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Lozannadagi forum doirasida bir qator kelishuvlarga erishildi

Avval xabar berganimzdek Shveysariyaning Lozanna shahrida Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning yillik forumi bo‘lib o‘tmoqda. WADAga aʼzo mamlakatlarning 650 nafardan ortiq mutaxassislari ishtirok etayotgan konferensiyada O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Forumning ikkinchi kunida ham antidoping sohasida qator hamkorlik masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan edi.

Dastlab, WADA bosh direktori Oliver Nigli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O.Nigli mamlakatda antidoping sohasi tezkorlik bilan rivojlanib borayotganini va bu boradi hukumat darajasida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Mo‘g‘iliston antidoping agentligi rahbari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Forum doirasida Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va Turkiya antidoping agentligi rahbari R.Gunesh bilan hukumatlararo komissiyaning yo‘l xaritasida belgilangan vafizalar ijrosi bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi. Chora tadbirlar rejasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish kabi masalalar o‘rin olgan.

WADAning yillik forumi Agentligimiz uchun anchagina samarali bo‘ldi. Forum doirasida bir qator hamkorlik memorandumlari va kelishuvlarga erishildi. Albatta, bu borada qilinayotgan ishlarning barchasi mamlakatni dopingdan holi hududga aylantirish borasidagi say-harakatlardir.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish