eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Toshkentdagi anjumanda qator masalalar ko‘rib chiqilmoqda

Butunjahon antidoping agentligi (VADA) sportda dopingga qarshi kurashni, uning barcha shakllarini xalqaro miqyosda rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar yig‘ilishlarini turli mintaqalarda tashkil etib keladi.

Jumladan, VADAning Hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishini 2024 yil 22-23 may kunlari Toshkentda tashkil etilmoqda. Tashkent mehmonxonasida ushbu anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, 34 mamlakatdan tashrif buyurgan sport vazirlari, antidoping tashkiloti vakillari qatnashmoqda.


Ushbu nufuzli anjumanni  O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov ochib berdi va Prezident Adminstratsiyasi ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov va VADA prezidenti Vitold Banka tadbir ishtirokchilariga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. 


“Avvalo O‘zbekiston Hukumatiga mana shunday tadbirni tashkil qilishda jonbozlik ko‘rsatgani uchun minatdorlik bildiraman. Mamlakatingizda barcha sohalar kabi sport va antidoping sohasi ham tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. VADA O‘zbekiston Milliy antidoping agentligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, - dedi Vitold Banka.


Dasturdan VADA hamda O‘zbekiston Milliy antidoping ishtirokida uzoqqa mo‘ljallangan, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Bu ham bo‘lsa rivojlanib borayotgan yangi soha uchun yuqori marralardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 Mazkur mintaqaviy yig‘ilishning asosiy maqsadi - milliy va mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan tajriba almashish, shuningdek, sportda dopingga qarshi samarali kurashishning innovatsion usullarini muhokama qilishdan iborat. 


Davom etayotgan anjumanda antidoping sohasi bo‘yicha mamlakatlar o‘zlari tomonidan dopingga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti tinglanmoqda va oldindagi yangi rejalar bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqilmoqda.


Toshkent anjumani ertaga 23 may kuni ham davom etadi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш