eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Toshkentda o'tkazilgan yig'ilish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor Toshkentda 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

 

Bugun ushbu anjuman yuzasidan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka, O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov va Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, matbuot anjumanida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov, VADA Bosh direktori Oliver Niggli bilan birga o‘rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastlab, mutasaddilar 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar, oldinda turgan rejalar bo‘yicha maʼlumot berishdi. Shundan so‘ng jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Eslatib o‘tamiz 22-23-may kunlariga belgilangan hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari, antidoping tashkiloti rahbarlari ishtirok etgan Toshkent anjumani bugun o‘z yakuniga yetdi.   

 

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш