Xabaringiz bor Toshkentda 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Bugun ushbu anjuman yuzasidan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Banka, O‘zbekiston Sport vaziri Adham Ikramov va Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, matbuot anjumanida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov, VADA Bosh direktori Oliver Niggli bilan birga o‘rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Dastlab, mutasaddilar 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar, oldinda turgan rejalar bo‘yicha maʼlumot berishdi. Shundan so‘ng jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Eslatib o‘tamiz 22-23-may kunlariga belgilangan hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari vazirlari, antidoping tashkiloti rahbarlari ishtirok etgan Toshkent anjumani bugun o‘z yakuniga yetdi.