eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Parij-2024 ga yo‘llanma olgan sportchilarning huquq va majburiyatlari tushuntirilmoqda

Barcha sport jamoatchiligi orziqib kutayotgan to‘rt yillikning eng nufuzli sport musobaqasi Olimpiya va Para olimpiya o‘yinlariga bir necha kun qolmoqda. Ushbu sport tadbiriga barcha davlatlar sport tashkilotlari, sportchilar va soha mutaxassislari tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Mamlakatimiz sport jamoatchiligi ham tarixiy natija qayd etish maqsadida bor eʼtiborini sportchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligiga qaratishgan. Shular bilan bir qatorda sportchilarni halol g‘alabalarni qo‘lga kiritishi uchun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham o‘z xissasini qo‘shmoqda.

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ning talabiga binoan Parij-2024 o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan sportchilarni doimiy nazoratga olish, ular bilan profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlarini olib borish topshirig‘i berilgan. Shu maqsadda Agentlik mutaxassislari  sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha terma jamoa aʼzolari, Parij-2024 litsenziantlari Yekaterina  ShubinaShaxriyor Maxkamov va Nilyufar Zokirovalar hamda para baydarka kanoechilarimiz Shaxnoza Mirzayeva, Xayitmurod SherkuziyevXasan Kuldoshev,  Iroda RustamovaShaxzoda Mamadaliyeva va Azizbek Abdulxabibovlarga antidoping qoidabuzarliklari, doping sinama topshirish jarayonida sportchining huquq va majburiyatlari bo‘yicha maʼlumotlar berib, tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Shuningdek, WADA talabiga binoan litsenziya qo‘lga kiritgan sportchilardan musobaqalarga qadar kamida 3 marotaba doping sinama olish talabi qo‘yilgan. Bu esa sportchilar musobaqaga qadar doimiy nazoratga olinishi va o‘yinlardan so‘ng topshirgan doping sinamasida taqiqlangan moddalar aniqlanishini oldini olish uchun chora hisoblanadi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш