O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan 2024 yil 6 noyabr kuni “Dopingga qarshi kurash: erishilgan natijalar, axloqiy, huquqiy va tibbiy jihatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.
Ushbu konferensiyada oxirgi yillarda O‘zbekistonda dopingga qarshi kurash sohasida erishilgan yutuqlar, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va dopingga oid boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha turli muhokamalar hamda taqdimotlar tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Unda dopingga qarshi kurashni huquqiy tartibga solish, milliy antidoping qoidalarini ishlab chiqish, sohaga oid huquqiy meʼyorlarni takomillashtirish, shuningdek, sportda taqiqlangan moddalardan terapevtik istisno tarzida foydalanish masalalari yuzasidan keng ko‘lamli tematik taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
- Konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek konferensiyada sport yurisprudensiyasi, huquqshunoslar, tibbiyot xodimlari, antidoping sohasi hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Qolaversa xalqaro ekspertlar ham o'z maruzalari bilan ishtirok etadi.
KONFERENSIYA SHAKLI
- bevosita ishtirok etish (maʼruza bilan qatnashish yoki ishtirok etish);
- onlayn ishtirok etish (maʼruza bilan qatnashish yoki masofaviy (ZOOM platforma orqali ishtirok etish).
Konferensiyada qatnashish istagini bildirganlar 2024-yilning 1-oktyabr sanasiga qadar konferensiyada ISHTIROK ETISH UCHUN MAXSUS ARIZA SHAKLINI TO‘LDIRIB, tashkiliy qo‘mitaning info@uznda.uz elektron manziliga yuborishlari hamda taqdim etilgan maʼruzaning konferensiya mavzusiga muvofiqligini tasdiqlashlari so‘raladi.