O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-149-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda rivojlangan davlatlar antidoping agentliklari bilan aloqalar o‘rnatish va hamkorlik qilish doirasida O‘zbekiston milliy antidoping agentligi rahbari boshchiligidagi delegatsiya bir nechta mamlakatlarga tashrifi amalga oshirildi.
Jumladan, Polsha antidoping agentligi direktori M.Rinkovskiy va uning xodimlari bilan ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida hamkorlik, jumladan Polsha milliy antidoping qonunchiligini o‘rganish masalasi muhokama qilindi va ikki agentlik o‘rtasida hamkorlik memorandumi ishlab chiqishga kelishib olindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Polsha antidoping agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. mutaxassislar tayyorlash va taʼlim sohasida innovatsion g‘oyalar, dopingdan holi halol sportga jamoatchilikni jalb qilish faoliyati bo‘yicha masalalar muhokama qilindi hamda mazkur sohada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan muzokaralar olib borildi va tajriba almashildi.