eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Polsha antidoping agentligi bilan ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-149-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda rivojlangan davlatlar antidoping agentliklari bilan aloqalar o‘rnatish va hamkorlik qilish doirasida O‘zbekiston milliy antidoping agentligi rahbari boshchiligidagi delegatsiya bir nechta mamlakatlarga tashrifi amalga oshirildi.

Jumladan, Polsha antidoping agentligi direktori M.Rinkovskiy va uning xodimlari bilan ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida hamkorlik, jumladan Polsha milliy antidoping qonunchiligini o‘rganish masalasi muhokama qilindi va ikki agentlik o‘rtasida hamkorlik memorandumi ishlab chiqishga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Polsha antidoping agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. mutaxassislar tayyorlash va taʼlim sohasida innovatsion g‘oyalar, dopingdan holi halol sportga jamoatchilikni jalb qilish faoliyati bo‘yicha masalalar muhokama qilindi hamda mazkur sohada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan muzokaralar olib borildi va tajriba almashildi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish