eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

“Dopingga qarshi kurash: erishilgan natijalar, axloqiy, huquqiy va tibbiy jihatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada dopingga qarshi kurashni huquqiy tartibga solish, milliy antidoping qoidalarini ishlab chiqish, sohaga oid huquqiy meʼyorlarni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan “Dopingga qarshi kurash: erishilgan natijalar, axloqiy, huquqiy va tibbiy jihatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yillik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Kasimov, shuningdek Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi raxbariyati va mutaxassislari, sport huquqshunoslari, tibbiyot xodimlari, antidoping sohasi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Mazkur konferensiyada dastlab Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti W.Banka video murojaat yo‘lladi. Unda O‘zbekistonda nafaqat sport balki antidoping sohasiga ham hukumat darajasida eʼtibor berilayotganligi, buning natijasida O‘zbekiston dunyo mamlakatlari orasida rivojlangan davlatlarning 1-guruhidan joy olganligini alohida taʼkidlab o‘tdi va konferensiya ishiga omad tiladi. Shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ochilish marosimida Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov va MOQ Bosh kotibi O.Kasimovlar konferensiya ishiga omad tilashdi.

Shundan so‘ng, Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov konferensiyada ishtirok etayotgan mamlakatimiz jamoatchiligi va xalqaro tashkilotlar vakillariga minnadorchilik bildirdi va O‘zbekistonda doping muammolari va imkoniyatlar (“O‘zbekistonda antidoping faoliyatining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari”) mavzusida maʼruza qildi va shu bilan konferensiya o‘z ishini boshladi.

Tadbir davomida Koreya, Litva, Polsha, Turkiya va Qozog‘istondan taklif etilgan ekspertlar dopingga qarshi kurash sohasida erishilgan yutuqlar, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va dopingga oid boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha turli muhokamalar hamda taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Unda dopingga qarshi kurashni huquqiy tartibga solish, milliy antidoping qoidalarini ishlab chiqish, sohaga oid huquqiy meʼyorlarni takomillashtirish, shuningdek, sportda taqiqlangan moddalardan terapevtik istisno tarzida foydalanish masalalari yuzasidan keng ko‘lamli tematik taqdimotlar o‘tkazildi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilarni poytaxtimizda qurilayotgan Olimpiya shaharchasi hamda Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi bilan tanishtirildi.

Alohida taʼkidlab o‘tish lozim antidoping sohasidagi xalqaro ilmiy konferensiya mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkazilmoqda.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш