eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Prezident qarori ijrosi amalda yoxud Koreya bilan xalqaro aloqalar davom etmoqda

Davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan sportda doping qo‘llanishining oldini olish va sportchi, murabbiy va sport shifokorlariga antidoping qoidalarini o‘rgatish, doping nazoratini amalga oshirish borasida trenerlar va tibbiyot xodimlari uchun ilmiy-amaliy konferensiya va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, antidoping sohasida faoliyat olib borayotgan tajribali xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ham tegishli topshiriqlar berilgan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi va Koreya antidoping agentligi o‘rtasida tuzilgan xodimlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan memorandumga muvofiq koreyalik mutaxassislar Agentligimizga tashrif buyurdi.

Uch kunga mo‘ljallangan tajriba almashish va malaka oshirish kursida antidoping taʼlim dasturlari, terapevtik istisnolar, ADAMS platformasi, tergov-surushtiruv hamda doping nazorati jarayoni bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi va qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Bu kabi o‘quv seminarlar va malaka oshirish kurslardan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda halol sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish va xorij tajribasini amaliyotda qo‘llashdan iboratdir.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш