Mamlakatimiz sport jamoatchiligi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishidan so‘ng, yangi olimpiya sikliga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Shu jumladan, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ham sportchilarda ijobiy doping analizi chiqishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Agentlikning 2025-yil uchun ishlab chiqilgan “Antidoping taʼlimoti” o‘quv rejasi bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar va sport tashkilotlarida antidoping o‘quv seminari o‘tkazib kelinmoqda.
Ayni kunlarda dzyudo bo‘yicha terma jamoa aʼzolari Parij “Katta dubulg‘a” turniriga tayyorgarlik olib bormoqda. Agentlik tomonidan sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlariga antidoping o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida Antidoping qoidabuzarlik turlari, talim-uznada.uz va dori-uznada.uz platformalaridan foydalanish, terapevtik istisno ariza topshirish qoidalari, sportchining huquq va majburiyatlari bo‘yicha maʼruzalar qilindi. Seminar trening davomida sportchilar va murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.
Antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi avvalo sportchilarni salomatligini asrash, bilib yoki bilmagan holda doping qabul qilish orqali, uzoq yillik mashaqqatli mehnatlari sarobga aylanmasligi uchun har bir federatsiya va assotsiatsiyalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.