eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Dzyudo bo‘yicha terma jamoa aʼzolariga “Antidoping taʼlimoti” bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi

Mamlakatimiz sport jamoatchiligi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli yurishidan so‘ng, yangi olimpiya sikliga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Shu jumladan, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ham sportchilarda ijobiy doping analizi chiqishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Agentlikning 2025-yil uchun ishlab chiqilgan “Antidoping taʼlimoti” o‘quv rejasi bo‘yicha federatsiya  (assotsiatsiya)lar va sport tashkilotlarida antidoping o‘quv seminari o‘tkazib kelinmoqda.

Ayni kunlarda dzyudo bo‘yicha terma jamoa aʼzolari Parij “Katta dubulg‘a” turniriga tayyorgarlik olib bormoqda. Agentlik tomonidan sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlariga antidoping o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida Antidoping qoidabuzarlik turlari, talim-uznada.uz va dori-uznada.uz platformalaridan foydalanish, terapevtik istisno ariza topshirish qoidalari, sportchining huquq va majburiyatlari bo‘yicha maʼruzalar qilindi. Seminar trening davomida sportchilar va murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi  avvalo sportchilarni salomatligini asrash, bilib yoki bilmagan holda doping qabul qilish orqali, uzoq yillik mashaqqatli mehnatlari sarobga aylanmasligi uchun har bir federatsiya va assotsiatsiyalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish