Joriy yilning 14-16 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi sport - taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, shifokorlar va yo‘riqchi-uslubchilar uchun “Dopingga qarshi kurash” mavzusida 24 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Masʼul shaxslar uchun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan Butunjahon antidoping Kodeksidagi sport tashkilotlarining roli va majburiyatlari, antidoping qoidabuzarliklari, doping test topshirish jarayoni va sportchi yoki vakilning huquq va majburiyatlari, ADAMS tizimidan foydalanish , yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va talab etiladigan maʼlumotlar, natijalarni boshqarish jarayonidagi, murabbiy yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etiladigan kamchiliklar va xatoliklar, taʼqiqlangan ro‘yxat bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish hamda TI arizasini qanday tartibda to‘ldirish va murojaat qilish bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.
Navbatdagi malaka oshirish kursi 17-18 aprel kunlari Xorazm viloyatida o‘tkaziladi.