eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan antidoping sohasiga masʼullar uchun 24 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etildi

Joriy yilning 14-16 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi sport - taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, shifokorlar va yo‘riqchi-uslubchilar uchun “Dopingga qarshi kurash” mavzusida 24 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Masʼul shaxslar uchun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan Butunjahon antidoping Kodeksidagi sport tashkilotlarining roli va majburiyatlari, antidoping qoidabuzarliklari, doping test topshirish jarayoni va sportchi yoki vakilning huquq va majburiyatlari, ADAMS tizimidan foydalanish , yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va talab etiladigan maʼlumotlar, natijalarni boshqarish jarayonidagi, murabbiy yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etiladigan kamchiliklar va xatoliklar, taʼqiqlangan ro‘yxat bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish hamda TI arizasini qanday tartibda to‘ldirish va murojaat qilish bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

Navbatdagi malaka oshirish kursi 17-18 aprel kunlari Xorazm viloyatida o‘tkaziladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish