eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

RADOCAning navbatdagi hisobot yig‘ilishi Qirg‘izistonda o‘tkazilmoqda

Har yili Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA)ga aʼzo mamlakatlar o‘z mintaqalarida hisobot yig‘ilishlarini o‘tkazishadi. O‘zbekiston mintaqadagi joylashuviga ko‘ra Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Mo‘g‘iliston, Tojikiston davlatlari bilan RADOCA tarkibiga kiradi. Ushbu tashkilotning 2023 va 2024-yildagi hisobot yig‘ilishlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan edi.

Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan yillik hisobot yig‘ilishida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov boshchiligidagi Agentlik mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ushbu yig‘ilishda   davlatlarda antidoping sohasida olib borilayotgan ishlar, oldindagi rejalar va turli masalalar bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etiladi.

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) xalqaro tashkilot bo‘lib, ayrim mamlakatlardagi o‘z ishini mintaqaviy va milliy antidoping tashkilotlari (RADO va NADO)ga topshiradi va bu tashkilotlar Butunjahon antidoping kodeksiga rioya qiladi. Mintaqalarda joylashgan davlatlar ushbu tashkilotlar tarkibiga kiradi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш