eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq hasharida Agentlik jamoasi faol ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi arafasida mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. Mazkur ezgu tadbirni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolangan bo‘lib, u yurt ravnaqi, mahallalar obodligi va aholi birdamligini yana-da mustahkamlashga qaratilgan.

Shu maʼnoda, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi jamoasi ham ushbu umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi. Agentlik xodimlari tegishli hududlarda obodonlashtirish, tozalikni taʼminlash, ko‘kalamzorlashtirish va jamoat maskanlarini tartibga solish ishlarida o‘z hissasini qo‘shdilar.

Bu kabi tadbirlar nafaqat atrof-muhitni obod qilish, balki jamoaviy hamjihatlik, fuqarolik masʼuliyati va milliy qadriyatlarga sadoqatni namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш