O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi arafasida mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazilmoqda. Mazkur ezgu tadbirni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolangan bo‘lib, u yurt ravnaqi, mahallalar obodligi va aholi birdamligini yana-da mustahkamlashga qaratilgan.
Shu maʼnoda, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi jamoasi ham ushbu umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi. Agentlik xodimlari tegishli hududlarda obodonlashtirish, tozalikni taʼminlash, ko‘kalamzorlashtirish va jamoat maskanlarini tartibga solish ishlarida o‘z hissasini qo‘shdilar.
Bu kabi tadbirlar nafaqat atrof-muhitni obod qilish, balki jamoaviy hamjihatlik, fuqarolik masʼuliyati va milliy qadriyatlarga sadoqatni namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.