OʻzMADAning asosiy vazifasi sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashish uchun asosiy huquqlarini himoya qilishdir. Shu maqsadda OʻzMADA, boshqa har qanday antidoping tashkiloti singari, ikkita tubdan farq qiluvchi vazifani o’z oldiga qo’yadi:
OʻzMADAning birinchi vazifasi jamoatchilikni va sportchilarni antidoping qoidalari toʻg’risida xabardor qilish, dopingga nisbatan nol tolerantlik madaniyatini shakllantirish va sportda dopingni oldini olishga asoslangan qisqa, oʻrta va uzoq muddatli ta’lim dasturlarini amalga oshirish va qoʻllab-quvvatlash;
Ikkinchi vazifa - testlarni rejalashtirish va oʻtkazish, antidoping qoidalarini buzish holatlarini tekshirish, shuningdek natijalarni qayta ishlash va buzilish faktlari boʻyicha eshituvlar oʻtkazish;
Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir.