Toza sport bilan bogʻliq boʻlgan prinsiplar va qadriyatlar sport qonunlarining hurmat qilinishi, boshqa sportchilarning haq huquqlari himoya qilinishi, haqqoniy musobaqalar va oʻyin maydonidagi shaffoflik darajasini saqlashda katta oʻrin tutadi.
Sogʻlom va haqqoniy sportni rivojlantirish va sportning asl mohiyatini saqlab qolish hamda sportchining toza sportdagi xaq-huquqlarini himoya qilish maqsadida UzNADA har bir sportchi maydonga tushganda haqqoniy va har xil turdagi taqiqlangan dori vositalarisiz kurashishga chorlaydi.
Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi mamlakatda halol sport tarafdorlarini hamkorlikka chorlaydi. Buning uchun siz doping isteʼmoli yoki shunga davat qilayotgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz rasmiy veb-saytimizning bosh sahifasida joylashgan “Doping haqida xabar bering” tugmasi orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz. Siz haqingizdagi maʼlumotlar sir saqlanadi. Halol sport yoʻlida biz bilan hamkorlik qilganingiz uchun minnatdormiz!
Toza Sport bilan bogʻliq qiymatlar
Anti-doping dasturlari sportning muhim qiymatlarini saqlash uchun tashkil qilingan. Bu muhim qiymatlar odatda “Sport ruhi” deb ham ataladi: har bir sportchining tabiiy istedodlarini fidokorona takomillashtirish orqali insoniy yuksaklikka axloqiy intilish.
Antidoping dasturlari sportchilarning sogʻligʻini himoya qilish va sportchilarga taqiqlangan moddalar va taqiqlangan usullardan foydalanmasdan insoniy yuksaklikka erishish imkonini berish uchun moʻljallangan.
Antidoping dasturlari boshqa ishtirokchilarning qoidalarini hurmat qilish, adolatli raqobat, teng oʻyin maydoni va toza sportning dunyo uchun ahamiyati nuqtayi nazaridan sportning yaxlitligini taʼminlashga qaratilgan.
Sport ruhi - bu inson ruhi, tanasi va ongining bayramidir. Bu olimpizmning mohiyatidir va biz sportda va sport orqali topadigan qadriyatlarda oʻz aksini topadi, jumladan:
- Sogʻliq
-Estetika, haqqoniy oʻyin va rostgoʻylik
-Kodeksda berilgan sportchining haq huquqlari
-Ishlashdagi samaradorlik
-Xususiyatlar va Taʼlim
-Quvonch va shodlik
-Jamoaviy ish
-Fidoyilik va majburiyat
-Qonun va qoidalarga hurmat
-Oʻziga va boshqalarga boʻlgan hurmat
-Jasorat
-Hamjamiyat va hamjixatlik