eye

Sportchilarga

Sportchilarga

SPORTCHINING MAJBURIYATLARI:

Sportchining asosiy vazifasi - dopingga yoʻq deb aytish!

  1. Antidoping qoidalarini bilish va ularga rioya qilish;
  2. Har qanday vaqtda doping-test olish uchun tayyor boʻlish;
  3. Dopingga qarshi kontekstda nima iste’mol qilayotgani va qoʻllayotganligi uchun javobgar boʻlishini bilish;
  4. Tibbiyot xodimlarini taqiqlangan moddalar va taqiqlangan usullardan foydalanmaslik majburiyatlari toʻgʻrisida xabardor qilish, ularga koʻrsatiladigan har qanday tibbiy yordam antidoping siyosati va milliy antidoping qoidalariga muvofiq qabul qilingan mahalliy qoidalarga zid kelmasligi uchun javobgar boʻlishlarini bilish;
  5. Antidoping qoidalari buzilishini tekshirishda OʻzMADA bilan hamkorlik qilish.

 

Butunjahon antidoping kodeksiga koʻra, sportchilar o’z organizmida taqiqlangan moddalar mavjudligi uchun qat’iy javobgar. Shuning uchun sportchilar dori-darmonlarni va ayniqsa biologik faol qoʻshimchalarni (parhez qoʻshimchalarini) qabul qilishda juda ehtiyot boʻlishlari kerak, chunki ular tarkibida taqiqlangan moddalar boʻlishi mumkin.

 

 

Sport xodimlari majburiyatlari:

  1. Antidoping qoidalarini bilish va ularga rioya qilish;
  2. Sportchilar uchun sinov dasturlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish;
  3. Dopingga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish uchun sportchiga, uning qarashlariga va xatti-harakatlariga ta’sir etish;
  4. Antidoping qoidalari buzilishini tekshirishda Antidoping tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
  5. Sportchilarni qoʻllab-quvvatlovchi xodimlar biron-bir taqiqlangan moddani yoki taqiqlangan usulni hech qanday sababsiz ishlatmasligi yoki egallamasligi kerak.

 

 

Sportchining huquqi :

  1. Dopingdan holi musobaqalarda qatnashish;
  2. Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro standartlar va Milliy antidoping qoidalarning barcha qoidalariga rioya qilish;
  3. Antidoping qoidalari buzilganligi toʻg’risida oʻz vaqtida va ob’ektiv ma’lumot olish;
  4. Antidoping qoidalarini buzilishi toʻg’risidagi da’volarni xolisona koʻrib chiqish;
  5. Antidoping qoidalarini buzganlik ayblovi va qoʻllanilgan sanksiyalar boʻyicha apellyatsiya shikoyati berish.
  6.  
Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish