eye

Sportchilarga

Sportchilarga

Diskvalifikatsiya davridagi cheklovlar
Diskvalifikatsiya davridagi cheklovlar

Diskvalifikatsiya davrida sportchi yoki boshqa shaxslarga quyidagilar man etiladi:

  •  sport musobaqalarida yoki boshqa tadbirlarda har qanday imkoniyatda ishtirok etish;
  • professional liga, xalqaro yoki milliy tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalarida qatnashish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan moliyalashtiriladigan sport turlari bo’yicha milliy darajadagi har qanday sport tadbirlarida qatnashish;

Diskvalifikatsiya qilingan sportchilar doping-testdan o’tishlari mumkin. Diskvalifikatsiya davrida doping-test ro’yhatida bo’lgan sportchilar, ro’yhatdan chiqarilganligi to’g’risida xabardor qilinmaguncha ADAMS tizimida qayerdaligini ko’rsatishlari shart. O’zMADA diskvalifikatsiya vaqtida test-ro’yhatida bo’lmagan sportchilarni test ro’yhatiga kiritishi mumkin.

 

Sport faoliyatiga qaytish

Sportchi terma jamoa bilan mashg’ulotga qaytishi yoki mashg’ulot uchun klubning boshqa binolaridan foydalanishi mumkin bo’lgan muddat:

  • diskvalifikatsiya davrining so’nggi ikki oyida
  • diskvalifikatsiya davrining oxirgi choragida

Sportchi yoki to’rt yildan ortiq diskvalifikatsiya qilingan boshqa shaxs, to’rt yildan so’ng mahalliy sport tadbirlarida sportchi sifatida qatnashishi mumkin. Sportchi yoki boshqa shaxsga milliy yoki xalqaro sport tadbirlarida qatnashish huquqini bekor qilinsa ushbu sportchi yoki boshqa shaxs voyaga etmaganlar bilan biron bir tarzda ishlashga ruxsat berilmaydi.

 

Diskvalifikatsiya davrdagi ishtirok etish taqiqining buzilishi

 Agar sportchi yoki boshqa shaxs yuqorida ko’rsatilgan diskvalifikatsiya shartlarini buzsa, musobaqada ishtirok etish natijalari bekor qilinadi va birinchi diskvalifikatsiya davrining oxirida asl davriga teng ravishda yangi diskvalifikatsiya davri qo’shiladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish