eye

Doping-nazorat

Doping-nazorat

Sinamalarni tahlil qilish

Peshob va qon doping-sinamalari Butunjahon antidoping agentligi tomonidan har uch oyda akkreditatsiyadan oʻtkazilib turadigan antidoping laboratoriyalarida amalga oshiriladi.

Peshob va qon doping-sinamalari Butunjahon antidoping agentligi tomonidan har uch oyda akkreditatsiyadan oʻtkazilib turadigan antidoping laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Doping-sinamalar istalgan laboratoriyada tekshirilmaydi, chunki bu yuqori texnologik va oʻta murakkab jarayon sanaladi. Bunday laboratoriyalarning soni dunyo boʻyicha 30 dan oshmaydi va ularning roʻyxati Butunjahon antidoping agentligining veb-saytidan joy olgan.  Doping-sinamalar albatta anonim sharoitda, yaʼni u yoki bu doping-sinama aynan qaysi sportchiga tegishliligini bilmagan xolda tekshiriladi. Uning uchun har bir doping-sinamaga u laboratoriyaga yuborilishidan oldin alohida yetti raqamli maxfiy kod beriladi. Mazkur kodni antidoping laboratoriyasi bilmaydi. Uni sportchining oʻzi hamda ADAMS tizimiga kirib maʼlumotlarni oʻrganish huquqiga ega Xalqaro federatsiyasi va milliy antidoping agentliklari masʼul xodimlari bilishi mumkin. 
Shuning uchun, ayrim antidoping laboratoriyalari sportchini bila turib, uning doping-sinamalari tarkibidan taqiqlangan moddalarni maqsadli qidiradi degan fikr asoslanmagan.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish