Abdushukur Sadikov 1974-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universitetlarini tamomlagan.
U, 2018 yildan shu kunga qadar Milliy olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori lavozimida ishlagan.
Abdushukur Sadikov faoliyati davomida Toshkent tibbiyot akademiyasida assistent, dotsent, soʻngra Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari va boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori va viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U “Tibbiyot va sport” ilmiy jurnali bosh muharriri, 70 dan ortiq nashrlar, yoʻriqnomalar, patent va monografiyalar muallifi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil 30-yanvardagi qarori bilan Abdushukur Sadikovga professor ilmiy darajasi berilgan.