eye

Sportchilarga

Sportchilarga

Sport faoliyatini yakunlash

Sportchi turli sabablarga ko‘ra sport faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgan taqdirda, "Sport faoliyatini yakunlash haqida xabarnoma" maxsus elektron shaklni to‘ldirib, uni o‘zi shug‘ullanayotgan sport turi bo‘yicha Xalqaro federatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga elektron pochta orqali taqdim etishi lozim. Aynan shundan keyin sportchi barcha doping-testlash ro‘yhatlaridan chiqariladi.

Lekin sportchi u yoki bu sababga ko‘ra sport faoliyatini yana davom ettirish qaroriga kelgan bo‘lsa, ishtirok etishi rejalashtirilgan sport musobaqasidan kamida 6 (olti) oy oldin "Sport faoliyatiga qaytish haqida xabarnoma" maxsus elektron shaklni to‘ldirib, uni o‘zi shug‘ullanayotgan sport turi bo‘yicha Xalqaro federatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga elektron pochta orqali taqdim etishi lozim. Shundan keyin sportchi rasman sport musobaqalarida yana ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

"Sport faoliyatini yakunlash haqida xabarnoma" maxsus elektron shakli:

 

"Sport faoliyatiga qaytish haqida xabarnoma" maxsus elektron shakli:

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish