eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Osiyo chempionati oldidan xorijlik mutaxassislarga antidoping o‘quv-seminari o‘tkazildi

Ayni kunlarda barcha og‘ir atletika ixlosmandlari nigohi poytaxtimiz Toshkent shahriga qaratilgan.

“Yunusobod” sport majmuasi 3 fevral kuni start oladigan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqa nufuzi jihatidan eʼtiborga molik ekanligini inobatga olib, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi taklifiga binoan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan musobaqa oldidan seminar trening tashkil etildi.

Seminarda, musobaqada ishtirok etuvchi mamlakatlar vakillari, sportchilar,  murabbiylar va mutaxassislar ishtirok etdi. Unda Agentlik xodimlari tomonidan antidoping sohasida amalga oshirilayotgan so‘ngi yangiliklar, o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

O‘z navbatida sportchilarga alohida yuzlanib, musobaqa davomida amalga oshiriladigan doping nazorati jarayoni to‘g‘risida ham tushunchalar berildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Alohida taʼkidlab o‘tish lozim, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi va O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi o‘rtasida uzoq yillik hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir musobaqa oldidan shu kabi seminar treninglar va davra suhbatlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.  

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш