eye

Агентлик янгиликлари

Агентлик янгиликлари

Play True tadbirida Agentlik xodimlari ham faol bo'lishdi

“Play True”  (Halol o‘ynash, toza o‘ynash) tadbiri, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan har yili o‘tkaziladigan global tadbirdir.

Ushbu tadbir har yili o‘tkazilishidan asosiy maqsad – sportchilar natijaga erishish uchun doping qo‘llamaslikni targ‘ib qilish, dopingni sportdagi asosiy tahdidlardan biri sifatida tan olish va barcha darajadagi sportchilarga dopingsiz faoliyat yuritishni o‘rgatishdir. Tadbirda qatnashish orqali sportchilar o‘zlarining halolligini namoyish etishadi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham har yili turli darajadagi tadbirlarni tashkil qilib keladi. Bu yil ham Agentlik tomonidan ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan “Eko park” ko‘ngilochar bog‘ida tadbir tashkil etildi.

Unda Agentlik xodimlari erta tongdan sog‘lom turmush tarziga amal qilgan xolda piyoda yurish, yugurish va turli mashqlar qilishdi va sog‘lom hayot yo‘lini tanlagan yurtdoshlarimizga maxsus “Play True” yozuvi tushirilgan futbolkalar tarqatildi.

Тақвим

Тақвим

Дш Сш Чш Пш Жм Шн Як

Фаолияти

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Спорт вазирлиги: махсус сиртқи таълим шаклига абитуриентларни қабул қилиш жараёни бошланди
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Диққат! Агар сиз матнда хато топсангиз, уни танланг ва маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl + Enter ни босинг

Хатолик ҳақида маъмуриятга хабар бериш