“Play True” (Halol o‘ynash, toza o‘ynash) tadbiri, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan har yili o‘tkaziladigan global tadbirdir.
Ushbu tadbir har yili o‘tkazilishidan asosiy maqsad – sportchilar natijaga erishish uchun doping qo‘llamaslikni targ‘ib qilish, dopingni sportdagi asosiy tahdidlardan biri sifatida tan olish va barcha darajadagi sportchilarga dopingsiz faoliyat yuritishni o‘rgatishdir. Tadbirda qatnashish orqali sportchilar o‘zlarining halolligini namoyish etishadi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham har yili turli darajadagi tadbirlarni tashkil qilib keladi. Bu yil ham Agentlik tomonidan ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan “Eko park” ko‘ngilochar bog‘ida tadbir tashkil etildi.
Unda Agentlik xodimlari erta tongdan sog‘lom turmush tarziga amal qilgan xolda piyoda yurish, yugurish va turli mashqlar qilishdi va sog‘lom hayot yo‘lini tanlagan yurtdoshlarimizga maxsus “Play True” yozuvi tushirilgan futbolkalar tarqatildi.