III-chorak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–6247-sonli farmoni ijrosi boʻyicha:
2022-yil III chorakda boʻyicha davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar xizmatlar) toʻgʻrisida maʼlumot Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining 2022-yil III-choragi uchun tasdiqlangan byudjet xarajatlari smetasida davlat xaridlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha doping sinimalarini xorijiy antidoping labaratoriyalariga yetkazish va u yerda doping-sinimalarini taxlil qilish xizmatiga haq toʻlash maqsadlariga 386,8 mln soʻm sarflandi
——————-
Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining 2022-yil 9 oylik uchun tasdiqlangan byudjet xarajatlari smetasida davlat xaridlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha doping-sinamalarini WADA Butunjahon antidoping agentligining Seibersdorf Labor GmBH (Avstriya) xorijiy antidoping laboratoriyasiga yetkazish va u yerda doping-sinamalarini taxlil qilish xizmatiga haq toʻlash maqsadlariga rejalashtirilgan
850,0 mln soʻm xarajat qilindi.
———————-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-son qaroriga asosan, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzilidagi binoning 12-qavatida begʻaraz foydalanish sharti bilan joylashgan.
Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi tasarrufida xizmat uylari va boshqa koʻchmas mulklar mavjud emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-son va 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-son qarorlariga asosan, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining tasarrufida uchta xizmat avtotransport vositasi mavjud:
- Chevrolet Malibu II, 2018-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01 455 DAV – Agentlikning bosh direktoriga biriktirilgan.
- Chevrolet Cobalt, 2020-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01 350 CJA – Agentlikning Doping nazorati boʻlimi hamda Antidoping qoidabuzarliklari va ADAMS monitoringi boʻlimiga biriktirilgan.
- Chevrolet Cobalt, 2021-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01 350 OJA – Agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimi hamda Matbuot xizmatiga biriktirilgan.
———————————————————
Agentlik xodimlarining xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mexmonlarni kutib olish xarajatlari (maqsadi, sutkalik pul transport va yashash bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisida) gi maʼlumot Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlaring 2022-yil 9 oylik davomida quydagi xizmat safari rejalashtirilgan:
2022-yil 12-15-may kunlari Moskva shaxriga (Rossiya Federatsiyasi) “Millat salomatligi-davlat ravnaqining asosi” Butunrossiya forumi doirasida PAA RUSADA Rossiya antidopingagentligi tomonidan tashkil etilgan “Antidoping: sportchilar salomatligiga urgʻu” mavzusida xolqaro anjuman ishida ishtirok etish uchun Agentlikning bosh direktori N.Tursunovga 8,3 mln sum xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar amalga oshirilgan bundan tashqari sentyabr oyida Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov Koreya Respublikasiga seminarda qatnashish uchun xizmat.safari xarajatlariga 0,52 mln sum xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar amalga oshirilgan 2022-yil 9 oylik davomida Agentlika xorijdan mexmonlarning tashrifi boʻlmagan.
***
14-bandi boʻyicha:
2022-yil I choragi uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-son qaroriga asosan, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi Toshkent shahar, A.Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzildagi binoning 12-qavatida tekin foydalanish sharti bilan joylashgan.
2022-yil II choragi davomida Agentlikda boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari rejalashtirilmagan.
2022-yil II choragi davomida Agentlikga Chevrolet Cobalt avtotransport vositasi xarid qilingan.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
29-bandi boʻyicha:
Agentlik huzuridagi jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
WADA Butunjahon antidoping kodeksiga muvofiq, milliy antidoping agentliklari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyat yuritishi mumkin emasligi sababli, Agentlik huzuridagi jamoatchilik kengashining faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
15-bandi boʻyicha:
Agentlik tassarufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-son qaroriga asosan,Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi Toshkent shahar, A.Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzilidagi binoning 12-qavatida tekin foydalanish sharti bilan joylashgan. Agentlik tasarrufidagi xizmat uylari va boshqa koʻchmas mulklar mavjud emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli va 2021-yil 6-apreldagi PQ-5057-son qaroriga asosan, Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining tasarrufida uchta xizmat avtotransport vositasi mavjud:
1. Chevrolet Malibu II, 2018-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01DAV 455-Agentlikning bosh direktoriga biriktirilgan.
2. Chevrolet Cobalt, 2020-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01CJA350- Agentlikning Doping nazorati boʻlimi va Antidoping taʼlim dasturlari boʻlimlariga biriktirilgan.
3. Chevrolet Cobalt, 2022-yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01OJA350- Agentlikning Doping nazorati boʻlimi va Antidoping qoidabuzarlik va ADAMS monitoringi boʻlimlariga biriktirilgan.