1998 yilda O’zbekiston Milliy universiteti (sobiq Toshkent Davlat universiteti) Kimyo fakultetini bitirgan.
1998-2001 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo instituti aspiranti, kichik ilmiy xodimi bo’lib faoliyat yuritgan.
2005-2007 yillarda Yaponiyaning Toyohashi Texnologiyalar universiteti (Toyohashi University of Technology) Applied Science and Chemistry fakultetida Materialshunoslik, analitik kimyo yo’nalishlarida magistraturada tahsil olgan.
2009-2012 yillarda Yaponiyaning Kochi Technologiyalar universiteti (Kochi University of Technology) Materials Science and Engineering fakultetida Biokimyo yo’nalishida doktoranturada tahsil olgan.
2015-2023 yillarda O'zbekiston MOQ huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining funksional-diagnostika va ilmiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri bo'lib ishlagan.
Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) (2012 yil).
Biologiya fanlari doktori (DSc) (2020 yil). Dotsent.