Xabaringiz bor, joriy yilning 25 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha «Memorial Xarlampiyev» nomli jahon kubogi bahslari o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur turnirda o‘zbekistonlik sambochilar ham munosib ishtirok etishgan edi.
Ushbu xalqaro turnirda -98 kg vaznda ikkinchi o‘rinni egallagan Dilshod Choriyevdan (sportcha sambo) olingan doping-sinamada “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlanganligi sababli tekshirish boshlandi.
Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan ro‘yxatiga ko‘ra, meldoniy moddasi 2016 yildan beri Ro‘yxatning “S4. Metabolizm gormonlari va modulyatorlari” guruhiga kiritilgan bo‘lib, doping deb hisoblanadi.
Agarda, qayta tekshirish natijasiga ko‘ra D.Choriyevdan “meldoniy” taqiqlangan moddasi borligi rasman tasdiqlansa sportchi 4 yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
O‘zMADA
Matbuot xizmati