O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining matbuot kotibi tayinlandi.
Milliy antidoping agentligi bosh direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga Omonov Humoyun Rustamovich tayinlandi.
Humoyun Omonov 1996 yilda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida tavallud topgan. O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan.
H.Omonov tayinlovga qadar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Jismoniy tarbiya va sport vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida amalga oshirildi.