eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Mamlakat birinchiligida ishtirok etayotgan badmintonchilarga doping haqida tushunchalar berildi

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan, ko‘plab iqtidorli yoshlarni sevimli sport turiga aylanib ulgurgan badminton ham o‘z ishqibozlariga ega.

Buni yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan aholining turli qatlamlaridagi sport ixlosmandlari qiziqish bildirayotganidan ham bilsa bo‘ladi.

Badminton sport turi nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyo va Yevropa mamlakatlarida ham rivojlanib borayotgan sport turlaridan biridir. Hozirgi kunda mazkur sport turi bo‘yicha Xalqaro va milliy chempionatlar o‘tkazib kelinmoqda. Barcha sport turlarida bo‘lgani kabi badmintonda ham professional sportchilar tomonidan taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa achinarli.

Kuni kecha Toshkentda o‘tkazilgan mamlakat birinchiligida ishtirok etayotgan sportchilar bilan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi xodimlari ishtirokida doping nima, uning zararli omillari haqida tushuntirishlar berildi.

Bunday davra suhbatlari va o‘quv-seminarlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad bo‘lajak chempionlarni halol sport ruxida tarbiyalashdan iboratdir.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish