Kolumbiyalik 29 yoshli sportchi 2024 yil 23 fevral kuniga qadar barcha musobaqalarda qatnashidan mahrum etildi.
Jahon chempionatining bronza medali sovrindori 48 kg vazn toifasidagi og‘ir atletikachi Ana Segura doping isteʼmol qilgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi maʼlum qildi.
Seguraning musobaqadan tashqari davrda topshirgan doping-sinamasida taqiqlangan “boldenon” anabolik steroidi aniqlangan.
Shu bilan kolumbiyalik 29 yoshli sportchi 2024 yil 23 fevral kuniga qadar barcha musobaqalarda qatnashidan mahrum etildi.
Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.