O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining Doping sinovlarini rejalashtirish va terapevtik istisnolar bo‘limi boshlig‘i Tursunova Gulnoza Baxtiyorovna o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
G.Tursunova 1981 yil 17 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida boshlagan. Shundan so‘ng, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiy radiologiya kafedrasi aspiranti, 1-Respublika klinik shifoxonasi ultratovush diagnostika shifokori, Respublika vrachlik-jismoniy tarbiya dispanseri ultratovush diagnostika shifokori, bo‘lim mudiri hamda "Xuvaydo Med Servis" MCHJ xususiy tibbiy klinika ultratovush diagnostika shifokori sifatida samarali faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi jamoasi Gulnoza Baxtiyorovnani bugungi tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi hamda uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaydi!