eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Osiyo va Respublika chempionatlarida sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarga imtiyozlar belgilandi

Sport turlari hamda paralimpiya sport turlari bo‘yicha Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarga imtiyozlar belgilandi

Davlat komissiyasining 2-son bayoni bilan sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchi-o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda, sport turlari hamda paralimpiya sport turlari bo‘yicha Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022 o‘quv yili qabulida faqat “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ushbu toifadagi abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra:

— ikkinchi mutaxassislik fani (umumiy jismoniy tayyorgarlikni nazarda tutgan holda) hamda majburiy uchta fanga – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha test sinovlaridan ozod etgan holda maksimal ball beriladi;

— kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra, ushbu toifadagi abituriyentlarning to‘plagan ballariga muvofiq, ular umumiy tanlovdan tashqari davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Bunda, kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra, ushbu toifadagi abituriyentlarni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun minimal o‘tish bali Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq belgilanadi;

— “Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mazkur bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining sirtqi taʼlim shaklini tanlagan ushbu toifadagi abituriyentlar kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra faqat to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin;

—“Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ushbu toifadagi abituriyentlarga sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat taʼlim yo‘nalishining sport turlari bo‘yicha tuzilgan fan dasturlari asosida birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) o‘tkaziladi;

— sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon oliy taʼlim muassasasi professor-o‘qituvchilari, tegishli sport federatsiyalari, Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi vakillaridan iborat bo‘lgan tarkibda tuziladigan imtihon komissiyasi tomonidan onlayn videotranslyatsiya qilingan holda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish